Evril Turon Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta qabul qilindi
O‘zbek yozuvchisi Evril Turon (Mamadali Mahmudov) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qayta a’zo qilindi. Bu haqda «Turon 24» uyushmadagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Adabiy taxallusi Evril Turon bo‘lgan Mamadali Mahmudov 2016-yil fevral oyida Uyushma a’zoligidan chiqarilgan edi.
Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasiga yana 40 nafar ijodkor qayta a’zolik uchun ariza topshirgan.
Mamadali Mahmudov hayoti va ijodi murakkab kechgan adiblardan biridir. Asarlarida o‘zbek xalqining milliy ozodlik kurashlarini qalamga olgan.
1999-yil fevral voqealaridan so‘ng yozuvchi qamoqqa olinib, 13 yil qamoqda o‘tirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter