Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umrining 17 yili mahbuslikda kechgan yozuvchi Mamadali Mahmudov vafot etdi

Umrining 17 yili mahbuslikda kechgan yozuvchi Mamadali Mahmudov vafot etdi

Mamadali Mahmudov.

Taniqli adib Mamadali Mahmudov (Evril Turon) 80 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.

Adib Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat unversitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Faoliyati mobaynida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, Madaniyat jamg‘armasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

«Bog‘don qashqiri», «O‘lmas qoyalar», «Oy nuri», «Qora do‘lana» kabi asarlari bilan tilga tushgan.

Adib umrining 17 yili mahbuslikda kechgan. Mahbuslikda uchta roman yozgani aytiladi.

Mamadali Mahmudov ozodlikka chiqqanidan (2017 yil) yil o‘tib, Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangan edi.

«Xabar.uz» jamoasi adibning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring