Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Everton» Benitesni iste’foga chiqaradi

«Everton» Benitesni iste’foga chiqaradi

Foto: «Sport-Ekspress»

Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites tez orada Liverpulning «Everton» klubi bosh murabbiyligidan ketadi, bu haqda jurnalist Nikolo Skira «Twitter»da yozdi.

«Everton» boshqaruvi Benistesning qo‘liga 2021-yil yozida ishonib topshirilgandi. Uning boshchiligida jamoa barcha turnirlarda 7 ta g‘alaba qozonib, 11 marotaba mag‘lubiyatga uchradi va 4 o‘yinda durangga erishdi. Taniqli mutaxassisdan bunday natijani kutishmagani aniq.

APLda jamoa ayni paytda bor-yo‘g‘i 5 g‘alaba bilan turnir jadvalining 15-pog‘onasiga tushib ketgan.

P.S.: bir necha daqiqa avval «Everton» jamoasi rasmiy sayti Rafael Benitesning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring