Everestning balandligi qayta o‘lchanadi
Dunyoning eng baland cho‘qqisi — Everest (Jomolungma)ning rasmiy qayd etilgan balandligi 8848 metrga teng. Mutaxassislar tog‘ kuchli zilzila oqibatida cho‘kkan degan to‘xtamga kelishgan.
Qator geologlarning ana shunday fikrlaridan so‘ng Xitoy va Nepal hamkorlikda Everestda qayta o‘lchov o‘tkazishmoqchi. NDTV telekanali xabariga ko‘ra, XXR rahbari Si Szinpin hamda Nepal prezidenti Bidxya Devi Bxandari uchrashuvi chog‘i ushbu kelishuvga kelingan.
Ayni paytda Everestning balandligi rasman 8848 metr. Nepalda 2015-yili kuchi 7,8 balgacha qator yer silkinishlari sodir bo‘lgan va tabiiy ofat qurbonlari soni sakkiz ming kishiga yetgandi. Shundan so‘ng olimlar tabiat injiqliklari oqibatida dunyodagi eng baland cho‘qqi pasayib qolgan degan taxminlarni ilgari surishni boshlashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter