«Yetti yillik budjet»: 12 soatlik tortishuvdan foyda chiqmadi
Kecha, 17-iyulda, Bryusseldagi sammitning birinchi kuni og‘ir o‘tdi: Yevropa ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlari 2021—2027 yillarga mo‘ljallangan yetti yillik budjetni shakllantirish hamda pandemiyadan so‘ng iqtisodiyotni tiklash fondini tuzish borasida bir to‘xtamga kelisha olishmadi.
Tomonlar bugun, 18-iyul kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 14:00 da muzokaralarni qolgan joyidan davom ettirishadi.
Delegatsiyalardan birining vakili aytishicha, kecha 12 soat davom etgan muzokaralardan so‘ng ham masala ochiq qolgan.
«Hozircha kelishuv yo‘q. Hammaga tanaffus kerak. Muzokaralarga yangi kuch bilan qaytamiz», — ta’kidlagan u.
Eslatib o‘tamiz, YeIning navbatdan tashqari sammitidan maqsad 1,074 trillion yevrolik yetti yillik budjetni tasdiqlashdir. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasidan so‘ng yevrozona iqtisodiyotini tiklash uchun 750 milliard yevrolik jamg‘armani tuzish ham muhokama qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter