Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti xazinadan biri. Echkichilik – serdaromad soha

Yetti xazinadan biri. Echkichilik – serdaromad soha

Jizzax viloyati, Zafarobod tumani, «Nurafshon» shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Hamza Asaboyev Rossiyaning Oltoy o‘lkasidan 250 bosh naslli echki keltirdi. Echkichilik chorvachilikning serdaromad va serpusht tarmog‘i hisoblanadi.

Bu tarmoq xalq xo‘jaligi uchun qimmatli tivit, go‘sht, teri va sut yetishtirib beradi. Echkidan olinadigan tivit nozikligi, mayinligi, yengil va pishiqligi bilan ajralib turadi. Angor zotli echkilar tivitining uzunligi 912 sm. bo‘lib, undan qimmatbaho ro‘mol, trikotaj kiyimlar, gilam tayyorlanadi. Echki terisidan kamar, oyoq kiyimlari, 1,53 haftalik echki bolasidan bosh kiyimi tikish mumkin.

Echki suti sevib iste’mol qilinadi. Uning tarkibida foydali elementlar fosfor, kalsiy ko‘p bo‘ladi. Yosh bolalar va oshqozon kasaliga chalingan kishilar uchunshifobaxsh hisoblanadi. O‘rtacha har 100 bosh urg‘ochi echkidan 145-150 ta uloq olinadi.

Hamza Asaboyev olib kelgan angor naslli echkilar tuyoq soni hozir 400 tadan oshib ketdi. Chorvador echkidan olinayotgan sut va tivitni ichki bozorga chiqarayapti. Keyinchalik tarmoqni yanada rivojlantirib, turi, hajmi va sifatini oshirishni niyat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring