Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeTTB O‘zbekiston iqtisodining o‘sish sur’atlarini prognoz qildi

YeTTB O‘zbekiston iqtisodining o‘sish sur’atlarini prognoz qildi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023 va 2024-yillarda 6,5 ​​foizga o‘sishini bashorat qilmoqda. Bu haqda YeTTBning «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» hisobotida qayd etildi.

Tashkilot ekspertlarining qayd etishicha, o‘sish bevosita xorijiy sarmoya, kompaniyalar va jismoniy shaxslarning mamlakatga kirib kelishi bilan bog‘liq. Shuningdek, xususiylashtirish va biznes muhitini isloh qilish ham muhim ahamiyatga ega.

Ammo hisobotda mamlakat iqtisodiyoti Rossiya va Ukraina urushining kuchayishi ortidan pul o‘tkazmalari hajmining kamayib ketishi ehtimolini ham ilgari suriladi.

YeTTB Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘rtacha 5,2 foizga o‘sishini qo‘shimcha qildi. O‘sish kelgusi yilda ham davom etadi.

Ma’lumot uchun, hisobotda 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti umumiy o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etgani, bu tashqi va ichki talab sharoitlarining sezilarli yaxshilangani, jumladan, pul o‘tkazmalari ikki baravardan ziyod ko‘paygani bilan bog‘liq ekani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring