Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron yadro ob’yektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

Eron yadro ob’yektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinliklarning ortishi fonida kun tartibiga Eronning yadroviy ob’yektlari, jumladan, uran kon zaxiralaridagi ehtimoliy halokatlarning O‘zbekistonga ham ta’sir bo‘ladimi, degan savol qo‘yilmoqda.

Gidrometeorologik olim Erkin Abdulahatovning yozishicha, radioaktiv nurlanish faollashsa, buning O‘zbekistonga ta’siri seziladi.

«Bordiyu radioaktiv nurlanish faollashsa, muayyan ob-havo sharoitlarida ana o‘sha hududlardagi radioaktiv nur bizning O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin. Bu, O‘zbekistonga kirib keluvchi va rivojlanuvchi 15 sinoptik jarayonning 2-3 tasida ro‘y beradi», – deb yozadi mutaxassis.

Abdulahatov bu jarayonlar yozgi termik depressiya va past bosimli kichik gradiyentli atmosferasi sohasi jarayonlari ekanligini aytadi. Shuningdek, bu ikki jarayon yoz oylarida mintaqada hukumron jarayonlar ekani vajidan hozirgi sharoitda Eron hududlaridagi oqimlarni Markaziy Osiyo mintaqasiga to‘siqlarsiz bemalol kirib kelishi ehtimolini oshirishini ta’kidlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring