Eskimoslarni xafa qilmaslik uchun: AQShda mashhur muzqaymoq nomidan voz kechildi
Amerikaning «Dreyer’s» kompaniyasi eskimoslarni xafa qilmaslik uchun o‘zining mashhur brendi — «eskimo» bilan muzqaymoqlarni nomlashni to‘xtatdi. Bu haqda «The Wall Street Journal» xabar berdi.
Eskimoslar — Grenlandiya, Alyaska, Nunavut (Kanada) va Chukotka sharqida yashovchi xalq.
«Dreyer’s» — Shveysariyaning «Nestle» kompaniyasi sho‘’basi bo‘lib, shu paytgacha «Eskimo Pie» shokolad qoplamali muzqaymoqlarini ishlab chiqargan.
«Biz irqiy tenglikka erishish tarafdorimiz, shundan kelib chiqib, ushbu atamani haqoratli deb hisoblaymiz», — dedi kompaniya bosh marketologi Elizabell Markes.
Mahsulot 100 yil avval Kristian Nelson va Rassel Stover tomonidan o‘ylab topilgan, ikki yil o‘tib uni AQShga sotishgan. Muzqaymoq logotipi va reklamasida «Dreyer’s» kompaniyasi eskimoslarning mo‘ynali kiyimidagi o‘g‘il bola tasviridan foydalanib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter