Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eshakning qulog‘ini kesgan shaxsning o‘zi 15 sutkaga «kesildi»

Eshakning qulog‘ini kesgan shaxsning o‘zi 15 sutkaga «kesildi»

Bir muddat avval Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida fuqaroning eshak quloqlarini shafqatsizlik bilan kesib tashlagani va oqibatda jonivor ko‘p qon yo‘qotib o‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Joriy yil 11-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida eshakka nisbatan shafqatsizlik qilgan shaxs – 38 yoshli U. Allayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Allayev muqaddam ham huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, yuqoridagi holatda sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish)da nazarda tutilgan vaziyatni keltirib chiqarganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Tomonlarga birinchi instansiya sudining qarordan norozi bo‘lgan taqdirda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyasiya shikoyati, prokurorga esa protest keltirishi mumkinligi eslatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring