Ertaga Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

2019 yilning 18 may kuni Uchtepa tumanida Yoshlar marafoni o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, shu munosabat bilan ba’zi ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
Farhod va Ali Qushchi ko‘chalari chorrahasidan Farhod ko‘chasi bo‘ylab Lutfiy ko‘chasiga, Katta Xirmontepa ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida soat 7:30 dan 08:30 ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatiladi. Toshkent shahar hokimligi keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter