Eronda ketma-ket 20 marta zilzila sodir bo‘ldi

Eron janubidagi Hurmuz viloyatiga qarashli Ruyder tumanida bugun 5,7 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Haber7.com».
Mamlakat g‘arbidagi Kirmonshoh viloyati Tozaobod tumanida ham 5,9 balli yer silkinishi kuzatildi. Tabiiy ofat tufayli 40 kishi jarohatlangan.
Tehron universiteti Seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Ruyderdagi tabiiy ofat yerning 8 kilometr chuqurligida sodir bo‘lgan.
Yer silkinishi tufayli halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida hanuz aniq ma’luotlar yo‘q.
Kirmonshoh viloyati hokimi Hushang Bozvandning aytishicha, Tozaobodda sodir bo‘lgan zilzila tufayli uylar jiddiy zarar ko‘rgan.
Tozaobodda bir soat mobaynida 20 marta yer silkinishi kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter