Eron shimoli va janubida ikkita atom elektr stansiyasi quriladi

Busher AES.
Eron shimoli va janubida ikkita atom elektr stansiyasi quriladi, deb xabar berdi IRNA.
Mamlakat atom energetikasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy ushbu AESlar uchun maydonlar tayyor bo‘lganini ma’lum qildi.
«Yettinchi dastur (yettinchi besh yillik, 2024–2029) oxirigacha Eronda atom elektr energetikasi quvvatlari 3 ming megavattga yetadi. Mamlakat janubi va shimolida ikkita elektr stansiyasini qurish uchun maydonlar tayyorlandi», — dedi u.
Ma’lumot uchun: Eronda ayni paytda yagona — Busher AESi mavjud bo‘lib, Rossiya ishtirokida qurilmoqda. Busher AESdagi birinchi blok 2011-yil sentyabrida Eron milliy energetika tizimiga ulangan. Stansiya tarkibidagi navbatdagi ikkita energoblok qurilishi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter