Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘ldi
Eron Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) assotsiatsiyaga a’zo davlatlar qatoriga kirishi rasman e’lon qilindi.
Eron davlatlararo assotsiatsiyaning to‘qqizinchi a’zosi bo‘ldi. 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronning tashkilotga a’zo bo‘lish majburiyati to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, ShHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab tashkilot tarkibiga oltita davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan. 2017 yilda Hindiston va Pokiston tashkilotga qo‘shilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter