Eron O‘zbekistonga yangi elchisini yubordi
![Eron O‘zbekistonga yangi elchisini yubordi](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1157005288.jpeg)
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Baxtiyor Saidov elchini O‘zbekistonda ish boshlagani bilan qutladi.
«Eronning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlangan Muhammad Ali Iskandariy janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Baxtiyor Saidov.
Bundan oldin, 2019-2023 yillarda Hamid Nayrobodiy Eronning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter