Eron Germaniya fuqarosini o‘limga hukm qildi. YeI bu qarorni keskin qoraladi
Yevropa Ittifoqi Erondan kelib chiqishi eronlik bo‘lgan Germaniya fuqarosi Jamshid Sharmahdni qatl qilishni bekor qilishni so‘ramoqda, u Tondar aksilhukumat guruhi yetakchilaridan biri, deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrelning bayonotida.
Yevropa Ittifoqi Eron Oliy sudining Germaniya fuqarosi Jamshid Sharmahdga nisbatan o‘lim hukmini o‘z kuchida qoldirgan qarorini keskin qoraladi.
Jurnalist va dasturchi-muhandis Jamshid Sharmahd «korrupsiya, terrorchilik harakatlarini rejalashtirish va boshqarish orqali davlatga xiyonat qilish»da ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter