Erkinjon Turdimov haqida yangi xabar tarqatildi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tez fursatda (ta’tildan so‘ng) o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishishi ma’lum qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Erkinjon Turdimovning sog‘ligi yomonlashgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgach, hokimlik axborot xizmati u sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tilida ekanligini bildirgandi.
Keyinroq Xabar.uz muxbiri o‘z manbasiga tayangan holda Samarqand viloyat hokimining tez kunlarda ishga qaytishi kutilayotganini xabar qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter