Erini o‘ldirib, hovliga ko‘mgan ayol uning «bedarak yo‘qolgan»i haqida ariza berdi
2017-yil 19-sentyabrda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, uch kun oldin turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi.
Tezkor qidiruv ishlari natijasida marhum H.A.ning uyida yollanib ishlagan Bo‘stonliq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan B.S. erini bedarak yo‘qolganligi haqida ariza bergan uy bekasi Z.A. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanicha, 2017-yil 17-sentyabr kuni marhum H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida B.S. uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldirib, Z.A. bilan birgalikda jasadni uyi hovlisiga ko‘mib yuborgan.
B.S. va Z.A. qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter