Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga o‘xshash yangi sayyora topildi — olimlarning umidi katta

Yerga o‘xshash yangi sayyora topildi — olimlarning umidi katta

Illyustrativ foto

Astronomlar TESS fazoviy teleskopi yordamida  yangi ekzosayyorani kashf qilishdi — u Gliese-12 b deya nomlandi. Yerdan 40 yorug‘lik yili masofasida joylashgan Gliese-12 b deyarli sayyoramiz kabi kattalikda va o‘z yulduziga nisbatan yaqin orbitada kezib yurgani unda hayot mavjud bo‘lishi mumkin, degan farazlarni ilgari surishga asos beradi.

Gliese-12 b sayyorasining yulduzi — bizning Quyoshga qaraganda ancha kichik va sovuq qizil karlik. Bu yulduzning faollik darajasi juda sust, ya’ni uning vayronkor nur taratish ehtimoli ham kam bo‘lishi mumkin.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Gliese-12 b sirtida harorat Selsiy bo‘yicha 42 darajagacha yetishi mumkin, bu Quyosh tizimidagi qaynoq Zuhro (Venera) sayyorasiga solishtirganda, ancha past harorat. O‘z-o‘zidan, bu omillar koinot kengliklarida hayot alomatlarini qidirayotgan tadqiqotchilar yangi ochilgan sayyoraning jozibadorligini oshiradi.

Biroq Gliese-12 b sayyorasida hayot mavjud bo‘lishi uchun muhim omil — atmosferaning bor-yo‘qligi va uning tarkibi hozircha noma’lum. Shuning uchun tadqiqotchilar bundan buyog‘iga sayyorani yanada sinchiklab kuzatish, uning atmosferasini tahlil qilish uchun Uebb fazoviy teleskopidan foydalanishmoqchi.

Xullas, Gliese-12 b kashf qilinishi Yerdan tashqarida ham hayot alomatlarini topish yo‘lida umidlar bilan birga, ko‘plab savollarni ham o‘rtaga tashlamoqda. Kelgusidagi kuzatuvlar va ma’lumotlar tahlili o‘ta muhimligini ta’kidlagan olimlar yaxshi gumon bilan tadqiqotlarni davom ettirishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring