Yerevandagi basseynda 13 kishi xlordan zaharlandi
Armaniston poytaxti Yerevan shahrida 13 kishi xlordan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Shu yil 2-iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 01.30 da «Ma’rifatchi Grigoriy» tibbiyot markaziga mehmonxonalardan xlordan zaharlanish tashxisi bilan 13 kishi yotqizildi», – deyiladi Armaniston politsiyasi saytiga joylashtirilgan xabarda.
Tezkor guruhning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxona basseynidagi xlor sababli 13 kishi zaharlangan.
Voqea yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter