Erdo‘g‘on keyingi haftada O‘zbekistonga keladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on noyabr oyidagi rejalari bilan bo‘lishdi.
“Shu oyda Ar-Riyodda Islom hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Biz ushbu sammitda qatnashamiz. Keyingi haftada esa O‘zbekistonga tashrif buyuramiz. Bu juda mas’uliyatda vaqtdagi muhim tashriflar”, – deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Erdo‘g‘on, shuningdek, Eron prezidenti noyabr oyi oxirida rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelishi, u bilan mintaqaviy masalalarni muhokama qilishini aytib o‘tgan.
Hozircha TIV Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida xabar bergani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter