Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi

Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Adolf Gitlerga qiyoslab, Isroil rahbariyati o‘z jinoyatlari uchun javobgarlikdan qutula olmasligini aytdi.

Bu haqda u Iroqdan qaytgach, jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Koha».

«Biz haqiqatni hamda Isroilning jinoyatlarini fosh qilishda davom etamiz. Bilishimiz kerakki, hozirgi Gitler, ya’ni Netanyaxu va uning sheriklari javobgarlikdan qochib qutula olmaydi», – dedi Turkiya rahbari.

Uning qayd etishicha, Isroil rasmiylarining G‘azo sektorini bosib olishi «yangi ishg‘ollar uchun eshik ochadi va Isroil agressiyasini kuchaytiradi».

«Agar islom olami G‘azodagi qirg‘in, ya’ni genotsid deb atalgan g‘alayondan uyg‘onmasa, o‘z reflekslarini butkul yo‘qotish xavfiga duch keladi», – deya xulosa qilgan Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti Isroilni G‘azo sektoridagi harakatlari uchun bir necha bor tanqid qilib kelmoqda. Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan bir oy o‘tib, Erdo‘g‘on Netanyaxu bilan muloqot qilishdan bosh tortganini e’lon qilgan va «Netanyaxu endi biz gaplashadigan odam emas. Biz uni hisobdan chiqardik», degandi.

Shuningdek, Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlarini «qirg‘in» deya baholagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring