Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on AQShning xatti-harakatini keskin qoraladi

Erdo‘g‘on AQShning xatti-harakatini keskin qoraladi

Foto: «Hurriyet»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qo‘shma Shtatlarni Iroq shimolida garovga olingan turklarni o‘ldirgan kurd jangarilarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Uning so‘zlari «Hurriyet» gazetasi tomonidan keltirilgan.

Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, terrorizmni qabul qilmaslik haqidagi barcha bayonotlarga qaramay, AQSh Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) jangarilari ortida turibdi.

«Iroq shimolida o‘ldirilgan begunoh odamlarning qonida KIP terrorchilarini himoya qiladigan, ularni qo‘llab-quvvatlaydigan va ularga hamdard bo‘ladiganlarning qo‘li bor», — dedi u.

Shu bilan birga, Turkiya rahbari Amerika hukumatini garovdagilarning o‘ldirilishini qoralab chiqqan bayonotini «masxaralash» deb hisobladi. Erdo‘g‘on hamkasbi AQSh prezidenti Jo Baydenni KIPni «yaqindan kuzatishga» chaqirdi.

Avvalroq Turkiya hukumati kurd jangarilarini Iroq shimolida garovga olingan 13 nafar turkni o‘ldirganlikda ayblagandi. Kurdlarning aytishicha esa, mahbuslar Turkiya havo kuchlari zarbalari natijasida halok bo‘lishgan.

2015-yil iyul oyida Turkiya KIP bilan qurolli to‘qnashuvni qaytadan boshladi. Turkiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davr mobaynida xavfsizlik kuchlari 10 mingdan ziyod jangarini yo‘q qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring