Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerdagi ilk kosmodrom — «Boyqo‘ng‘ir» 70 yoshda

Yerdagi ilk kosmodrom — «Boyqo‘ng‘ir» 70 yoshda

Foto: «Roskosmos»

Dunyodagi birinchi va eng yirik «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromi 70 yilligini nishonlamoqda. Bugun, 2-iyun kuni Boyqo‘ng‘ir shahrida bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Tadbirning diqqatga sazovor voqealaridan biri sifatida ochiq osmon ostida yangi muzey ochilishi aytilmoqda — bu yerda raketa-kosmik texnikalar namoyish qilinadi.

Qozog‘istondagi kosmodrom rekord darajada qisqa vaqtda qurilgan — 1955-yil bahoridan 1956-yil dekabrigacha birinchi navbatdagi ob’yektlar foydalanishga topshirilgan. Ilk parvozlarga start majmuasini qurish uchun million kub metrga yaqin tuproq olinib, 30 ming kub metrdan ziyod beton quyilgan.

1957-yili «Boyqo‘ng‘ir»dan ilk sun’iy yo‘ldosh start olgan, 1961-yilda esa Yuriy Gagarinning afsonaviy parvozi amalga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring