Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘monda Yaqin Sharqdagi birinchi kosmodrom quriladi

O‘monda Yaqin Sharqdagi birinchi kosmodrom quriladi

O‘mon sultonligining Duqm port shahrida Yaqin Sharq mintaqasidagi birinchi raketa parvozlari markazi barpo etilishi e’lon qilindi. O‘mon matbuoti xabariga ko‘ra, «Etlaq» kosmodromi qurilishi joriy yilda boshlanadi, dastlabki raketalar parvozi esa 2024 yildayoq amalga oshiriladi.

Milliy aerokosmik xizmatlar shirkati (NASCOM) amalga oshirayotgan loyihaga muvofiq kosmodrom tijoriy, professional va ta’lim maqsadlarida xizmat ko‘rsatadi.

Mintaqadagi ilk kosmodrom uchun Duqm shahri tanlangani bejiz emas. Mazkur port ekvatorial joylashuvi tufayli sayyoramizdagi raketa parvozlari uchun maqbul sanalgan besh hududdan biri sanaladi. «Etlaq» kosmodromi rasmiy saytida ham loyihadan ko‘zlangan maqsad O‘monning fazoviy tadqiqotlar borasidagi tabiiy salohiyatidan unumli foydalanish ekani ta’kidlangan.

Milliy aerokosmik xizmatlar shirkati O‘monning birinchi suborbital raketasini qurish va uchirishni ham rejalashtirgan.

Kosmodrom barpo etilishi Yaqin Sharqdagi fazoviy tadqiqotlarga ijobiy turtki beradi. Chunki Duqm raketa parvozlari markazidan nafaqat davlat, xususiy kompaniyalar ham foydalanishi mumkin.

Cultonlik keyingi yillarda «O‘mon nigohi–2040» konsepsiyasi asosida milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, energiya manbalariga qaramlikni bartaraf etgan holda ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring