Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Yer sayyorasi uchun tahdid: «qotil asteroidlar»

Yer sayyorasi uchun tahdid: «qotil asteroidlar»

Foto:«Strana.ru»

Hozirgacha NASA 21 000 dan ortiq asteroid va yuzdan ortiq kometalarni Yerga eng yaqinda joylashgan xavfli ob’yektlar sifatida tasniflagan. Ushbu guruhdan ikki mingga yaqini «potensial tahdid» hisoblanadi.

Ro‘yxatga olingan asteroidlar va kometalar Yer orbitasidan 7,25 mln km masofada joylashgan va bu to‘qnashuvlar natijasida katta hajmdagi vayronagarchiliklar kelib chiqishi mumkin.

«Ninza asteroidlar»

Asteroidlarni kosmosda aniqlash qiyin. Astronomlar ularni kuzatishda kompyuterlardan foydalanib, aniqlashga harakat qilishadi. Kichikroq asteroidlar xira yorug‘lik chiqaradi va ularni Yerdan juda yaqin masofadagina ilg‘ash mumkin. Bu asteroidlar «Ninza asteroidlar» deyiladi. «Ninza asteroidlar»ni aniqlash va yo‘q qilish ko‘p mablag‘ talab qiladi.

Yer bilan to‘qnashuvlar qanchalik tez-tez sodir bo‘ladi?

Bizning sayyoramiz doimo xavf ostida. Har kuni 100 tonnaga yaqin chang va shag‘al o‘lchamidagi zarralar Yer atmosferasiga ishqalanishdan yonib, soatiga 72 000 km tezlikda havo molekulalari bilan to‘qnashadi. Bu kichkina to‘qnashuvlar shunchalik ko‘p issiqlik chiqaradiki, ularni yulduzday yaraqlagan holda ko‘rish mumkin. Diametri 25 metrdan kam bo‘lgan kosmik jinslari rangli chaqnashlarni keltirib chiqarishi mumkin.

2013-yilda diametri 20 metr bo‘lgan asteroid Rossiyaning Chelyabinsk shahridan 22.5 km balandlikda portladi va Xirosimaga tashlangan atom bombasidan 20-30 baravar ko‘p energiya chiqardi. Portlash to‘lqini butun shahar bo‘ylab uylarning derazalarini silkitib, 1100 dan ortiq odam jarohat olishiga sabab bo‘ldi. 1908-yilda diametri 50-55 metr bo‘lgan kosmik toshlar Sibir o‘rmonlari osmonida portlab, 80 million daraxtni vayron qilgan edi. Agar asteroid to‘rt soatdan keyin portlaganda, u Sankt-Peterburg hududiga to‘g‘ri kelishi va butun boshli shaharni yer bilan yakson qilishi mumkin edi. Bunday portlashlar tez-tez amalga oshmasa ham, ta’sir doirasi yerga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Asteroidlarning Yer bilan to‘qnashishini oldini olsa bo‘ladimi?

Nazariy jihatdan oldini olsa bo‘ladi. Filmlardan farqli o‘laroq, yaqinlashib kelayotgan asteroidni portlatishga urinishning foydasi yo‘q. Asteroidlar quyosh tizimi shakllanishining barqaror qoldiqlari bo‘lib, kosmosda son-sanoqsiz to‘qnashuvlarga dosh berib kelgan. Ularni yo‘q qilishga Yer sivilizatsiyasi va texnologiyasi qodir emas. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, asteroid portlatilganda, yadrosining tortishish kuchi yana asteroid parchalarini bir-biriga tortib olib, o‘zini qayta tiklaydi va «yo‘lida davom etadi». Maxsus tadqiqotlarga ko‘ra, dinozavrlar davriga barham bergan asteroiddan ikki baravar kichikroq asteroidni yo‘q qilish uchun eng katta atom bombasiga qaraganda to‘rt ming baravar kuchli yadro quroli kerak bo‘ladi.

Tahdid: qotil asteroidlar

Diametri 1.5 kmdan kattaroq bo‘lgan asteroid bilan to‘qnashuvning oqibatlari global falokatga olib keladi. Bu minimal miqdordagi zarar bo‘lsa ham, bu o‘lchamdagi asteroid bilan to‘qnashuv yuzlab kilometr narida joylashgan hamma narsani yo‘q qiladi va katta zilzilalar, yong‘inlarni keltirib chiqaradi. Atmosferaga kiradigan chang va tutun bir necha oy davomida osmonni qoplab, Yerni mini-muzlik asriga aylantiradi. Butun dunyoda hosilning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘lchamdagi asteroid bilan to‘qnashuv, turlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday falokat bir necha oy davomida quyoshni butunlay to‘sib, milliardlab odamlarni umriga zomin bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ba’zi olimlar portlash paytida o‘lmagan va keyingi global ochlikdan omon qolganlar uzoq kelajakda yashashlari mumkin deb hisoblashadi. Kolorado universiteti geofizikilari insoniyatning butunlay yo‘qolib ketishi uchun diametri 100 kilometrga yaqin bo‘lgan asteroid kifoya qilishini prognoz qilshgan. Ular shunday deyishgan: «Shunday, qotil asteroidlar barchani, biz qurgan sivilizatsiyani bir nafasda tuproqqa aylantiradi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring