Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eynshteyn irqchi bo‘lganmi?

Eynshteyn irqchi bo‘lganmi?

Foto:«Anadolu»

Albert Eynshteyn 1920-yilda yozgan sayohat kundaliklarida Osiyo xalqlari turmush tarzini ifodalashda irqchilik qilgani aniqlandi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Avstriyalik fizik olim Albert Eynshteyn 1922 — 1923-yillari turmush o‘rtog‘i Elza bilan Uzoq Sharq va O‘rta dengiz bo‘ylab sayohatga chiqqanida yozgan kundaliklarida Osiyo xalqlarining irqchi ekanini qalamga olgan.

Sayohat kundaliklarini Kaliforniya texnologiya instituti (AQSh) kitob holida chop etdi.

Sayohat davomida dastlab Yaponiyaga borgan Eynshteyn kunchiqar yurt fuqarolarini «Muammosiz, zimmasidagi mas’uliyatni tamasiz ado etadigan, xalqi va vatani bilan faxrlanadigan» deya ta’riflagan. Ayollarni esa «Zebu ziynatga o‘ch, g‘ilay» degan.

Eynshteyn xitoylarni robotga o‘xshatgan. Ularning bolalarini esa hissiyotsiz, nodon degan.

Hindlar va shrilankaliklarni esa kam ishlaydigan va ehtiyoji oz insonlar deya ta’riflagan.

O‘rta dengiz atrofida yashovchi kishilarni madaniyatsiz degan.

Eynshteyn 1932-yili turmush o‘rtog‘i bilan uch oylik sayohatga chiqadi. Bu safar u AQShga yo‘l oladi.

Eynshteyn Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShda irqchilikka va qora tanlilarga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda ishtirok etgani uchun Federal qidiruv byurosi tomonidan ta’qibga olinadi.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring