Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eng qog‘ozboz» davlat idorasi nomi ma’lum qilindi

«Eng qog‘ozboz» davlat idorasi nomi ma’lum qilindi

Adliya vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati yuzasidan respublika miqyosida o‘rganish olib borilganini ma’lum qildi.

O‘rganish natijasida ayrim vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlangan.

Jumladan:

– «O‘zsuvta’minot» AJ – 600 dan ortiq;

 – «Hududgazta’minot» AJ – 300 dan ortiq;

– Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

 – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ – 40 dan ortiq.

– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;

– Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring