Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng baland ovozli smartfon taqdim etildi

Eng baland ovozli smartfon taqdim etildi

Ulefone Power Armor 16 Pro.

Foto: Aroged

Chidamli smartfonlari bilan tilga tushgan Ulefone navbatdagi o‘zgacha smartfonini taqdim etdi — Power Armor 16 Pro. Aytilishicha, hech qaysi smartfon ovozining balandligi bo‘yicha bu smartfonga tenglasha olmaydi — bunga juda katta dinamik o‘rnatilgan.

Power Armor 16 Pro dinamigidan taralayotgan ovoz balandligi 122 detsibelgacha yetadi. Bu JBL Charge 5 kolonkasiniki bilan bir xil. Farqi: smartfonda ovoz kuchaytirgichni faqat favqulodda vaziyatlarda, masalan, olis masofadan turib yordam so‘rashda ishlatish mumkin.

Smartfonning yana bir afzalligi — 9 600 mAs sig‘imli akkumulyatori.

Power Armor 16 Pro smartfoniga 5,93 dyuymli HD+ displey o‘rnatilgan, protsessori — MediaTek Helio P22, Android 12 tizimida ishlaydi. Smartfon IP68/69K standarti bo‘yicha himoyalangan bo‘lib, Amerikaning MIL-STD-810G harbiy standarti talablariga javob beradi.

Ulefone Power Armor 16 Pro narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring