Endi ishga kirmoqchi bo‘lgan chet tili o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat so‘raladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan edi.
Biroq mazkur tartib Hukumat tomonidan o‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida kechiktirilgan va 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
Shu bois 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024/2025-o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter