E’LON: «NEO INSURANCE CORP» AKSIYaDORLIK JAMIYaTI AKSIYaDORLARI DIQQATIGA!!!
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi MFY, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 158-a-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: [email protected], veb-sayt: www.neounsurance.uz) «NEO INSURANCE CORP» Aksiyadorlik Jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) 2023 yil 9 oktyabr soat 11:00da Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi MFY, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 158-a-uy manzilida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish yig‘ilish bo‘lib o‘tadigan manzilda 2023 yil 9 oktyabr kuni soat 10:30 da boshlanadi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), shuningdek aksiyadorning vakili o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar reyestri quyidagi sanalarga shakllantiriladi:
a) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun 2023 yil 11 sentyabr holatiga;
b) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun 2023 yil 3 oktyabr holatiga.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- «NEO INSURANCE CORP» AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini va vakolat muddatini tasdiqlash to‘g‘risida;
- «NEO INSURANCE CORP» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida;
- «NEO INSURANCE CORP» AJ AJ e’lon qilingan aksiyalari sonini belgilash to‘g‘risida;
- «NEO INSURANCE CORP» AJ ustavining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida;
- «NEO INSURANCE CORP» AJ ichki korporativ (Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida, Kuzatuv kengashi to‘g‘risida, Ijroiya organi to‘g‘risida) nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- «NEO INSURANCE CORP» AJ tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- «NEO INSURANCE CORP» AJning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish aksiyadorlar yoki ularning vakillari shaxsan ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Jamiyatning Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi MFY, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 158-a-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (95) 850-00-11.
«NEO INSURANCE CORP» AJ Kuzatuv Kengashi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter