Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’lon! «ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» aksiyadorlari diqqatiga!

E’lon! «ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» aksiyadorlari diqqatiga!

«ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma.

Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzili bo‘yicha joylashgan «ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» Aksiyadorlik Jamiyati 2024 yil 28 iyun kuni soat 10:00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati — http://evote.uz orqali aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2024 yil 28 iyun soat 9:00 da boshlanib 10:00 da to‘xtatiladi.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2024 yil 05 iyun.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2024 yil 24 iyun.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

  1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
  2. 2023 yil faoliyat yakunlari bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisobotini eshitish.
  3. Kompaniyaning 2023 yil moliya-ho‘jalik faoliyati natijalari va 2024 yilga Kompaniya Bisnes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisobotini eshitish.
  4. Kompaniyaning 2023 yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobotining milliy va halqaro standartlariga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini ko‘rib chiqish.
  5. Kompaniyaning 2023 yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
  6. 2023 yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  7. 2023 yil uchun Kompaniya sof foydasini taqsimlash.
  8. Kompaniyaning e’lon qilingan aksiyalar hajmini oshirish va ularning eng ko‘p miqdorini belgilash.
  9. Kompaniya Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni va yangi tahrirda Kompaniya Ustavini tasdiqlash.
  10. Kompaniyaning 2024 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
  11. Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish.
  12. Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini ijro organi tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlash hamda ma’qullash.                               
  13. Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan Kompaniyaning www.alskom.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki [email protected] elektron manziliga so‘rov yuborishingiz mumkin. Ma’lumot uchun telefon telefon: (78) 147-11-00.

«ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» AJ Kuzatuv Kengashi

05.06.2024 y.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring