Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr va gaz o‘g‘irligi eng ko‘p qaysi viloyatlarda kuzatilgani aytildi

Elektr va gaz o‘g‘irligi eng ko‘p qaysi viloyatlarda kuzatilgani aytildi

Joriy yilning iyul oyida 573 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunda 37,6 mln metr kub tabiiy gaz (28 mlrd 200 mln so‘m) va 22,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (11 mlrd 800 mln so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga 40 mlrd so‘m zarar keltirilgan.

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari esa Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgani aytildi.

Energetika vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu hajmdagi tabiiy gaz yoz mavsumida 188 mingta xonadonning bir oylik, elektr energiyasi esa 114 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring