Elektr energiyasidagi uzilish tufayli xodimlarga jadval asosida ishdan javob berish tavsiya qilindi
Bugun, 25 yanvar kuni O‘zbekistonda elektr ta’minotida qator uzilishlar sodir bo‘ldi. Natijada Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Shuningdek, shahar ko‘chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan xabar qilinishicha, ayni vaqtda nosozliklarni bartaraf etishga barcha kuchlar safarbar etilgan. Poytaxt hokimligi huzuridagi Vaziyatlar markazida tunu-kun ishlaydigan maxsus tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shu sababli, bir vaqtning o‘zida katta tirbandlikning oldini olish maqsadida, turli korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga 15:30 dan keyin jadval asosida ishdan javob berilishi tavsiya qilinmoqda.
«Shahrimiz aholisi va mehmonlardan vujudga kelgan vaziyat uchun uzr so‘raymiz va vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishingizdan umid qilamiz», — deyiladi Toshkent shahar hokmligi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter