Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 15 barobarga qisqartirdi

Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 15 barobarga qisqartirdi

2023-yilning oktyabr oyida Tojikiston elektr energiyasi eksporti sentyabrga nisbatan 15 baravar kamaygan: Sentyabrida elektr energiyasi eksportidan tushgan 20 million dollar oktyabr oyidagi 1,3 million dollargacha qisqarib ketgan.

Tojikiston faqat ikki davlat – O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan 2023-yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. «Barqi Tojik» davlat milliy energetika kompaniyasi O‘zbekistonga elektr energiyasi faqat yozda yetkazib berilishini, Afg‘onistonga eksport kuz-qish mavsumida ham davom etishini, bu faqat infratuzilmani saqlab qolish uchun amalga oshirilishini ma’lum qilgan.

Kompaniya rahbariyati Tojikistonning o‘zida elektr energiyasi tanqisligi kuzatilgan sovuq mavsumda Afg‘onistonga yetkazib berish 10 barobarga qisqarishini ta’kidladi: 400 MVtdan 40 MVtgacha.

Sentyabr oyi oxirida «Barki tojik» kompaniyasi kelayotgan kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti cheklanishi mumkinligini ma’lum qildi. Sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunligidan boshlab mamlakat qishloqlari aholisi cheklangan miqdorda elektr energiyasi olmoqda.

2023-yilning o‘n oyida Tojikiston 106 mln dollarga yaqin elektr energiyasi eksport qilgan, 2022-yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga ko‘pdir. Mamlakat statistika boshqarmasining bildirishicha, o‘tgan yiligi respublika xorijga 101 mln dollardan sal ko‘proq elektr energiyasi yetkazib bergan.

Joriy yilning o‘n oyida respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 18,4 milliard kilovatt/soatni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga ko‘pdir.

2023-yilda elektr energiyasining qariyb 96 foizi gidroelektrostansiyalarda, qolgan qismi esa issiqlik va quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring