«El-yurt umidi» jamg‘armasi 300 o‘ringa mo‘ljallangan stipendiya tanlovini e’lon qildi
«El-yurt umidi» jamg‘armasi matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha 300 o‘ringa mo‘ljallangan stipendiya tanlovini o‘tkazadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tanlovda mazkur fanlar yo‘nalishlarida ta’lim berayotgan, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy izlanuvchi hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda magistratura, doktorantura, stajirovka yoki malaka oshirish dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 20-yanvardan — 20-fevralga qadar www.eyuf.uz sayti orqali elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021-yil 20-fevraldan — 20-martga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter