Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi
O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda qayd qilib o‘tdi.
Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etilishi ma’lum qilindi.
«Yangi tizimga muvofiq, Investitsiya vazirligi chet eldagi qaysi bozorda qanday mahsulotlar xaridorgir ekanini aniqlaydi. Ularga kirish uchun hukumatlararo kelishuvlarga erishadi.
Savdo-sanoat palatasi esa tadbirkorlarga yangi bozorlar talablariga moslashishga ko‘maklashadi», – dedi davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, Savdoni rivojlantirish kompaniyasi beradigan subsidiya, kredit va yordamlar yangi tadbirkorlik reytingi asosida, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqayotgan eksportchilarga ajratiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilarga 1-martdan ushbu tizimni joriy qilish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter