Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert eng foydali choy turini ma’lum qildi

Ekspert eng foydali choy turini ma’lum qildi

Xitoyning ulun nomli choyi barcha turdagi choylar orasida inson tanasi uchun eng foydali hisoblanadi. Bunday xulosaga ushbu ichimliklar bo‘yicha tadqiqotchi Tim Bond keldi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ulun choyini ichish qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qand miqdorini barqarorlashtirishga yordam beradi – bu kasallikdan aziyat chekayotgan odamlar ishtirokidagi tadqiqotda isbotlangan. Bundan tashqari, choy tish va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

Xitoy choyi sport ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: u mushaklar va metabolizmni ko‘k choyga qaraganda bir necha barobar samaraliroq tiklaydi, deydi Bond.

Mutaxassis bu choyning o‘ziga xos xususiyatlarini uni tayyorlashning maxsus usuli yordamida tushuntiradi. Choy qaynoq suvdan foydalanmasdan tayyorlanadi, bu esa antioksidantlarni ko‘proq ushlab turish imkonini beradi, deb yozadi Daily Express.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring