Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya qo‘mitasi Bo‘stonliqda reyd o‘tkazdi. Tadbir davom etmoqda

Ekologiya qo‘mitasi Bo‘stonliqda reyd o‘tkazdi. Tadbir davom etmoqda

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

«Buz-buz»lar sabab jamoatchilik e’tibori markazida turgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga Davlat ekologiya qo‘mitasida vakillari ham qadam ranjida qildi. Ular shunchaki borgani yo‘q. Balki tumanda maxsus reyd tadbirlari o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, brakonerlikka qarshi kurash, noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi, qonunga zid qum-shag‘al qazish va boshqa holatlarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida o‘tkazilgan reydlarda ancha-muncha huquqbuzarliklar aniqlandi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Xususan, Chorvoq suv ombori muhofaza mintaqasida noqonuniy o‘rnatilgan 8 ta supa, Chorvoq hududida «Sag‘bon» nomli ovqatlanish shaxobchasi atrofida, shuningdek, Yusufxona qishlog‘i hududidagi «Navro‘z» dam olish maskani atrofi suv muhofaza mintaqasida yuzaga kelgan noqonuniy chiqindixona aniqlanib, bartaraf etildi, huquqbuzar shaxslarga qonunda belgilangan choralar ko‘rildi.

Reydlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring