Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda 2 yashar bola jarlikka tushib ketdi

Bo‘stonliqda 2 yashar bola jarlikka tushib ketdi

Bo‘stonliqda jarlikka tushib ketgan 2 yoshli bola FVV qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat qutqarildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Toshkent viloyati FVBGA Bo‘stonliq tumani "Yakkatut" MFY hududida 2 yoshli bola yo‘qolib qolganligi va o‘sha hududdagi jarlikka tushib ketganligidan gumonlanib xabar berilgan. 

 Xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan Bo‘stonliq tumanining bir guruh qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bola o‘sha hudud yaqinidagi jarlikning tahminan 25 metr bo‘lgan chuqurligidan topilgan va yuqoriga olib chiqilib, sog‘-salomat ota-onasiga topshirilgan.

Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring