Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling! Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari aniqlanmoqda

Ehtiyot bo‘ling! Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari aniqlanmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «J.J.» MChJ rahbari J.M. qarindoshi M.Sh.ga tegishli noturar binoda yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 350 litr yog‘, 13 330 kg chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring