Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. Madridda oltita, Londonda to‘rtta gol kiritildi

YChL. Madridda oltita, Londonda to‘rtta gol kiritildi

Yevropa Chempionlar Ligasining chorakfinal bahslarida jangovar duranglar qayd etildi.

«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, dastlabki daqiqalardanoq gol o‘tkazib yubordi.  Maydon egalari tezda javob qaytarib, hisobda oldinga ham o‘tib oldi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar ketma-ket gollar urib yana oldiga chiqishdi. Biroq yana madridliklar muvozanatni tiklay olishdi.

Yarimfinal yo‘llanmasi masalasi keyingi o‘yinga qoldi.

YeChL. 1/4 final. 9 aprel

Real — Manchester Siti 3:3

Gollar: Diash (12, avtogol), Rodrigo (14), Valverde (79) — Silva (2), Foden (66),  Gvardiol (71).

Real – Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Chuameni, Mendi, Kroos (Dias, 72), Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vinisius (Xoselu, 86), Rodrigo (Modrich, 72).

Manchester Siti – Ortega, Akanji, Stounz, Diash, Gvardiol, Kovachich, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Alvares, 87), Holand.

Ogohlantirishlar: Chuameni (1), Akanji (37), Karvaxal (81), Silva (88).

 «Bavariya» ham «Arsenal» maydonidan durang bilan qaytdi. Saka va Trossarning gollariga Gnabri hamda Keyn javob berdi.

Arsenal — Bavariya 2:2

Gollar: Saka (12), Trossar (76) — Gnabri (18), Keyn (32, penalti).

Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kivior (Zinchenko, 46), Jorjinio (Jezus, 67), Edegor, Rays, Haverts (Parti, 86), Martinelli (Trossar, 66), Saka.

Bavariya – Noyer, Dayer, de Ligt, Devis, Goretska, Laymer, Kimmix, Sane (Koman, 66), Musiala, Keyn, Gnabri (Gerreyru, 70).

Ogohlantirishlar: Devis (9), Keyn (55), Parti (89).

Ushbu juftliklarda javob bahslari 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring