Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX xodimi hokim o‘rinbosari bo‘ldi

DXX xodimi hokim o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Abdurasul Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U 1990-yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.

A.Abdurahmonov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofitserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019-yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tezkor bo‘linma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ushbu lavozimda ishlagan Bahodir Qodirov Samarqand viloyatiga o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring