DXX soxta pul bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhni qo‘lga oldi
DXX tomonidan Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi fuqaro «Cobalt»ida 100.000 so‘mlik banknotlardan iborat 221 mln. 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi.
Tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari bo‘lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham qo‘lga olindi.
Ulardan jami 139 mln. 800 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar olindi.
Tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 mln. 900 ming so‘m bo‘lgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter