Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng xavfli trassasida motopoygachi halok bo‘ldi

Dunyoning eng xavfli trassasida motopoygachi halok bo‘ldi

Britan motopoygachisi Mark Perslou Men orolidagi poygada halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa dunyodagi eng xavfli trassalardan birida yuz berdi.

Yuqori tezlikdagi mototsikli boshqaruvini yo‘qotgan Perslou yiqilib, juda og‘ir tan jarohatlari olgan. 29 yoshli sportchi shifoxonada olamdan o‘tgan.

Britaniyaning Men orolida poygalar 1907-yildan beri o‘tkaziladi. O‘tgan yillar davomida turli musobaqalarda bu yerda 250 dan ortiq poygachi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring