Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qimmat avtoturargohlarga ega shaharlar ro‘yxati

Dunyodagi eng qimmat avtoturargohlarga ega shaharlar ro‘yxati

Dunyodagi eng qimmat pullik avtoturargohlar Londonda joylashgan. Ushbu shaharda mashinangizni bir soatga qoldirish sizga deyarli 11,3 dollarga tushadi. Bu ma’lumotlar Picodi.com portali mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib ma’lum qilingan. 

Norvegiyaning Oslosi va Niderlandiya poytaxti Amsterdamida bir soatlik to‘xtash uchun mos ravishda 8,57 va 8,55 dollar to‘lashingiz kerak. Parijda (6,84 dollar), Syurixda (6,51 dollar), Kopengagenda (5,98 dollar), Rigada (5,7 dollar) va Stokgolmda (5,65 dollar) avtoturargoh yetti dollardan kam turadi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, arzonroq to‘xtash joylari markazdan uzoqroqda joylashgan.

Avtoturargohning nisbatan arzon narxi Yerevanda (0,21 dollar), Nur-Sultonda (0,23 dollar), Bishkekda (0,29 dollar), Buenos-Ayresda (0,30 dollar), Minskda (0,4 dollar), Mexiko shahrida (0,51 dollar) va Tbilisida qayd etilgan. (0,96 dollar).

Ba’zi shaharlarda mahalliy aholi o‘z uylari yonida mashinalarini bepul qo‘yishlari mumkin. Ushbu xizmat Lissabon, Rim, Buenos-Ayres, Mexiko, Tirana va Skopeda mavjud. Boshqa shaharlarda esa aholi avtoturargohga ruxsatnomani sotib olishlari mumkin. Moskvada bu xizmat yiliga 3000 rubl turadi. Shunga o‘xshash abonementni Pragada (27 dollardan), Berlinda (12 dollardan), Stokgolmda (407 dollardan), Rigada (342 dollardan) va Amsterdamda (36 dollardan) sotib olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring