Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng katta pazl sotuvga chiqarildi

Dunyodagi eng katta pazl sotuvga chiqarildi

Foto: «Fotolia»

Amerikaning foto mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi «Dunyoning 27 mo‘’jizasi» tarixidagi eng katta pazlni sotuvga chiqardi. Boshqotirma 51 ming 300 ta elementdan tashkil topgan bo‘lib, dunyoga mashhur arxitektura yodgorliklariga bag‘ishlangan, deya xabar berdi «Insider».

«Har bir tasvir dastlab professional fotograf tomonidan suratga olingan, so‘ngra tahrir qilinib, yuqori darajada sifatli chop etilgan», — dedi ulkan qadama yaratuvchilaridan biri.

To‘plam alohida qadoqlangan 27 ta boshqotirma, ularning har biri 1900 fragmentdan iborat (tayyor holdagi bitta tasvirning hajmi — 99 santimetrga 61 santimetr) va afishalar.

«Dunyo mo‘’jizalari» orasida quyidagilar bor: Nasr al-Mulk masjidi yoki «Pushti masjid» (Eron), Kolizey (Italiya), Borobudur (Indoneziya); Eyfel minorasi (Fransiya), Giza ehromlari (Misr) va hokazo.

Pazllar biriktiriladi. Faqat buning uchun kattaroq joy kerak. 51 300 qismdan iborat qadama hajmi taxminan 8,69 metrga 1,9 metrni tashkil etadi.

Uni hozircha faqat AQShda xarid qilish mumkin. Bunday boshqotirmaning narxi 500 dollar atrofida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring