Eyfel minorasi chiroqlari atayin o‘chirildi
Parijda Bayrutda fojia qurbonlari xotirasiga dunyoga mashhur Eyfel minorasi chiroqlari o‘chirildi. Ushbu qarorni Fransiya poytaxti meri Ann Idalgo qabul qilgan.
Roppa-rosa yarim tunda mamlakatning eng diqqatga sazovor joylaridan biri chiroqlarini o‘chirdi.
«Bu portlash qurbonlari xotirasiga ko‘rsatilgan ehtiromdir», — deb yozgan Parij meri 5-avgust kuni «Twitter»da.
Shuningdek, Idalgoning ma’lum qilishicha, Fransiya hukumati Livanga 100 000 yevro miqdorida shoshilinch yordam yuborish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter