Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eyfel minorasining rangini o‘zgartirishmoqchi

Eyfel minorasining rangini o‘zgartirishmoqchi

Foto:«Xabar.uz»

Parij-2024 Olimpiadasi arafasida shahar ramzi bo‘lmish Eyfel minorasi qayta bo‘yaladi. Bu haqda «Time Out» xabar berdi.

Eyfel minorasi so‘nggi marta 1968-yilda bo‘yalgan. Bo‘yoqdan so‘ng qo‘ng‘ir zanglagan ko‘rinishdagi minora sarg‘ish-jigarrang tusda tovlanadi — me’mor Gyustav Eyfelning vasiyati shu.

Parij Olimpiadasining triatlon va ochiq osmon ostidagi suzish bahslari Eyfel fonida o‘tadi.

Kolorizatsiya ishlari minoraning 19 qavatli eski bo‘yoqlarini ketkazishdan boshlanadi — maqsad minoraga tushadigan og‘irlikni kamaytirish. So‘ng ustidan 60 tonna yangi bo‘yoq uriladi.

Parijning «temir afsonasi» 2,5 millionta birlashtirgichlar bilan qotirilgan 18 mingta metall qismdan iborat, ularning barchasi tozalanib, qayta bo‘yab chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring