Dunyoda eng ko‘p tinglanadigan xonanda ayol
Amerikalik kantri-pop ijrochisi Teylor Svift xonanda ayollar orasida qo‘shiqlari eng ko‘p tinglanuvchisiga aylandi. Svift nufuzli «Billboard 200» xit-paradida mashhur Uitni Xyustonning rekordini takrorladi. Uning «Folklore» albomi olti haftadan beri birinchi o‘rinda turibdi, deb yozmoqda «Billboard».
30 yoshli Teylor Sviftning boshqa albomlari ham xit-paradni boshqargandi, endi «Billboard 200»dagi peshqadamlik jami 46 haftani tashkil etmoqda. Ungacha bu natijaga faqatgina Uitni Xyuston erishgan.
Ikkinchi o‘rinda esa britaniyalik xonanda Adel. Uning albomlari «Billboard 200»da jami 34 hafta yetakchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, «Forbes»ning 2019-yildagi eng boy ayol xonandalari reytingida ham Teylor Svift yetakchilikni qo‘lga olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter